Qanday yoqilg’idan foydalanilishidan qat’iy nazar, bunda porshen silindr ichida joylashgan bo’lib, dvigateldagi eng asosiy detal hisoblanadi. Porshen xuddi tonkarilgan stakan ko’rinishida bo’ladi, silindr esa – kesilgan quvurga o’xshash bo’lib, porshen unda harakatlanadi.
Porshenning ustki yuzasida yonish kamerasi mavjud –aynan shu qismiga yonilg’i aralashmasi (havo va yoqilg’i) kelib tushadi va detanatsiya sodir bo’lib, porshenni harakatga keltiradi.Bu harakat tirsakli valga shatun orqali uzatiladi.Shatunning yuqori qismi porshen barmog’i yordamida porshen bilan biriktiriladi, shatunning quyi qismi sirg’aluvchi podshipnik yordamida tirsakli valning o’zak bo’yinlariga qotiriladi.